Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz berdi

Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz bergani yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2026 yil 21 fevral kuni soat 19:00 dan boshlab Farg‘ona shahar hududida joylashgan 2-sonli, 58-sonli va 61-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tana haroratini ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi, ich o‘tishi belgilari bilan murojaat bilan kelishgan.

Aniqlanishicha bemorlarda qorin sohasida og‘riq, ich ketishi, haroratni ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi kabi sog‘lig‘ida salbiy holatlar kuzatilgan. Shifoxonada davolovchi vrachlar tomonidan bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “O‘tkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali” tashxisi bilan diyareya bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda bo‘limda 62 nafar bemorlar statsionar davolanayotgan bo‘lib, holati yaxshi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bog‘chalarning oshxonalarida va ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar o‘tkazib, bolalar isteʼmol qilgan taomlardan laboratoriya namunalari olib tekshirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22315 | Инструменты