Hukumat qarori (70-son, 19.02.2026 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul quyidagi taʼlim shakllari bo‘yicha tashkil etiladi:
▪️ tayanch doktorantura;
▪️ doktorantura;
▪️ mustaqil izlanuvchilik.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul hujjatlari Yagona elektron tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshiriladi.
Tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga kirish uchun hujjatlar har yili 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtihonlari har yili 1 noyabrdan 25 noyabrga qadar o‘tkaziladi.
Akademiyada tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha tanlov har biri 100 balli baholash tizimiga asoslangan quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
▫️1-bosqich – talabgorlar mutaxassislik fanlaridan imtihon (yozma, og‘zaki, test) topshiradi;
▫️ 2-bosqich – talabgorlar dissertatsiya rejasining mufassal loyihasini taqdimot qiladi.
Kirish imtihonlari natijalari haqidagi maʼlumotlar imtihonlar yakunlangandan so‘ng Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22316 | Инструменты