Davlat soliq qo‘mitasi ko‘kdalaliklar uchun yangi maktab qurmoqda
Davlat soliq qo‘mitasi homiyligida Qashqadaryo viloyatining yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanidagi 219-maktabda 240 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha maktab binosini qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Gap shundaki, “Qumdaryo” mahallasidagi mazkur maktabda 176 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv bloki mavjud bo‘lib, o‘quvchilar soni ko‘pligi, sinfxonalar yetishmasligi qator noqulaylilk tug‘dirib kelgan.
Ushbu tashabbus tufayli bu muammolarga yechim topiladi.
Eslatib o'tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 22-aprel sanasida yangi tashkil etilgan Ko'kdala tumanida rasmiy tashrif bilan bo'lgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты