Davlat soliq qo'mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Davlat soliq qo'mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi.
Institutda soliqqa tortish va moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat va magistratura yo'nalishlari bo'yicha kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlanadi, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari takomillashtiriladi.
Institut:
- soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasasi;
- moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta'minlaydigan oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
- Institutga qabul parametrlari belgilangan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar bo'yicha bakalavr va magistrlarga bo'lgan ehtiyojni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qilish asosida Davlat soliq qo'mitasi tomonidan mustaqil belgilanadi;
- Institutda o'quv jarayoni 2021/2022 o'quv yilidan boshlanadi.
Respublikadagi jami oliy ta'lim muassasalari soni 128 taga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52810 | Инструменты