Huawei 1
Davron Vaxobov Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori etib tayinlandi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov rektor etib tayinlandi. Bu haqda Prezident raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi.

Yig‘ilishda to‘qimachilik sohasida mutaxassislar tayyorlash, ilm va izlanish bo‘yicha To‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda O‘zbekiston-Koreya to‘qimachilik texnoparki yaxlit tizim asosida ishlashi belgilandi.

Institutda yangi o‘quv yilidan:

- 3- va 4-kurs talabalarini o‘qitishda “dual” ta’lim tizimi joriy qilinadi.

Endi, ular haftaning uch kunida institutda nazariy darslar, qolgan uch kunida to‘qimachilik texnoparki va korxonalarda amaliy o‘quv mashg‘ulotlar asosida o‘qitiladi.

Shuningdek, nufuzli xorijiy to‘qimachilik oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 6 ta yo‘nalishda talabalar almashish dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Mutasaddilarga elchilar bilan birga yil yakuniga qadar Turkiya, Koreya va Hindiston kabi ilg‘or tajribaga ega mamlakatlardan 40 nafar malakali o‘qituvchilarni olib kelish topshirildi.

Shu bilan birga, To‘qimachilik texnoparkini sohaga yangi tajriba va innovasiyani olib kiradigan markazga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62408 | Инструменты