Huawei 1
Daxshatli YTH: Toshkentda 5 ta mashina bir-biriga urilishi natijasida bir necha fuqarolar jabrlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumanida daxshatli avariya yuz bergani aks etgan videolar tarqaldi. Unda 5 ta mashina bir-biriga urilganini ko'rish mumkin. Poytaxt IIB YHXB holat yuzasidan ma'lumot berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 19-mart kuni soat 22:40 da Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko'chasida "Lacetti", "Labo", "Malibu", "Nexia 3 " va "Captiva" to'qnashgan. 

Yo‘l transport hodisasi natijasida "Lacetti" va "Labo" avtomashinasi haydovchi va yo'lovchilari tan jarohat olib shifoxonaga olib borilib birinchi yordam ko'rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92823 | Инструменты