Huawei 1
DTM: Test materiallarini qayta ishlash 17 avgustda yakuniga yetadi

O‘rtacha tanlov esa 1 o‘ringa 11,0 tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 ming 271 dona individual test savollari komplekti tayyorlandi. Test sinovlari 1 080 ta binoda joylashgan 21 ta maxsus auditoriyada o‘tkazildi.

Shu kuni jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun 17 317 nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 ta avtotransport vositalari, jumladan, 84 ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 dona tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb etildi.
Test sinovlarida 11 698 nafar abituriyent qatnashmadi, 2 764 nafari esa test sinovi tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi. Test sinovlari jarayonida qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi.

2 avgust kuni test materiallarini qayta ishlash boshlanadi va jarayon 17 avgustda yakuniga yetadi. Ta’kidlash joizki, 2016 yilda test sinovlarining javoblari 20 avgust kuni e’lon qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga