Nodirbek Abdusattorov Polshada o‘tkazilayotgan Superbet Poland 2024 shaxmat turnirida Magnus Karlsenni yana bir bor mag‘lub etdi.
Blits bahslarining 3-turida kechgan bahsda Magnus Karlsen kutilmaganda farzinni boy berib qo‘ygach, mag‘lubiyatini tan oldi.
Blits bo‘yicha bahslarda Nodirbek Abdusattorov 9 turdan keyin 4,5 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, Karsen 9 imkoniyatdan 6 ochko olgan va ikkinchi o‘rinda joylashgan, xitoylik Vei 7,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Rapid bo‘yicha bahslarda esa 9 turdan keyin 8 ochko jamg‘arib (g‘alabaga 2 ochko, durangga 1 ochkodan beriladi), Abdusattorov 7-o‘rinda bormoqda.
Superbet Poland 2024 turniri 12 may kuni yakunlanadi. Turnir sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42405 | Инструменты