Huawei 1
Ekopatrulga jalb qilingan Milliy gvardiya va IIO xodimlari ayrim hollarda rag‘batlantiriladi

Ekologik patrulga jalb qilingan Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ushbu xodimlar rag‘batlantiriladi. Ushbu tartib Prezidentning "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilab qo‘yilmoqda.

Keltirilishicha, aholiga o‘z tashabbusi bilan chiqindixonalarga aylangan yoki tizimli ravishda chiqindilar noqonuniy ravishda tashlab ketilishi kuzatiladigan hududlarda o‘z mablag‘lari hisobidan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga buyurtma berish imkoniyati yaratilmoqda.

Javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan buyurtma bergan shaxslar rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61217 | Инструменты