Huawei 1
Toshkentda Anʼanaviy sanʼat va hunarmandchilik maktabi taʼsis etiladi

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda Qirollik jamg‘armasi huzuridagi Anʼanaviy sanʼat maktabi direktori d-r Xolid Azzam O‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi.

Bitim O‘zbekistonning boy madaniy asrab-avaylash, qayta tiklash va targ‘ib etishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilgan Toshkentda Anʼanaviy sanʼat va hunarmandchilik maktabini taʼsis etish yo‘lidagi debocha qadam hisoblanadi.

Taʼkidlanishicha, ixtisoslashtirilgan akademik dastur joriy yilning kuzidayoq ilk talabalarning qaldirg‘och guruhini o‘z bag‘riga oladi.

“Shogirdlarga O‘zbekistonning anʼanaviy sanʼatini jo‘shqin va uzluksiz rivojlanayotgan madaniy hodisa sifatida o‘rganish, amalda tatbiq etish va taraqqiy ettirish imkoniyatini taqdim etadi”,- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61315 | Инструменты