Huawei 2
Endi O'zbekistonda qurilish jarayonlari BIM texnologiyasi asosida amalga oshiriladi

Endilikda O'zbekistonda qurilish jarayonlari BIM texnlogiyasi asosida amalga oshiriladi va bu jarayonlar bosqichma bosqich rivojlantirib boriladi.

Xo‘sh, BIM texnologiyasi nima o‘zi? 

Ushbu texnolgiya binoning raqamli modelini yaratishni ko‘zda tutadi. Gap shundaki, 2023-yilda manzilli dasturga kiritilgan har bir hududda 5 tadan obyektni raqamli modellashtirish usulida loyihalashtirish ko‘zda tutilmoqda. 

U nimasi bilan afzal? 

Ma’lumki, dunyoning yetakchi mamlakatlarida loyihalash va qurilish jarayonlari BIM texnologiyalari asosida amalga oshiriladi. Bu borada Buyuk Britaniya va Singapur yetakchilik qiladi. O‘zbekistonda BIM texnologiyalarni joriy etish va qurilish jarayonlarini raqamli boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilindi. Bu yo‘nalishda Xitoy, Germaniya, Rossiya va Qozog‘iston tajribasi ham o‘rganildi. Konsultativ muzokaralar o‘tkazildi.

Qurilish vazirligi tomonidan sohaga BIM texnologiyalarini joriy etishning 2024-yilgacha bo‘lgan “Yo‘l xarita”si ishlab chiqildi. 

Unga ko‘ra, BIM texnologiyasi  va qurilish jarayonlari ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar yagona standartlar asosida, markazlashgan server orqali muvofiqlashtirib boriladi. Hududlardagi “Yagona buyurtmachi xizmatlari injiniring kompaniyalari”ni BIM modellar bilan ishlashga tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 

2023-yilda davlat investisiya dasturiga kiritilgan va namunaviy loyihalar asosida yangidan quriladigan obyektlarning respublika bo‘yicha kamida 70 tasi tanlab olinadi. Ularni loyihalash uchun hududlarda salohiyatli loyiha va hududiy ekspertiza tashkilotlari tayyorlanadi.

Obyektlarni qurish uchun har bir hududdan tajribali loyiha tashkilotlari tender orqali saralab olinadi. Bunda yagona buyurtmachi, loyihachi, ekspertiza va qurilish tashkilotlari hodimlarini o‘qitish ham ko‘zda tutilgan. Loyihalash BIM ning ikkinchi darajasi ya’ni, 5D modelda amalga oshiriladi. Qurilish jarayonlarining borishi kuzatuv kameralar va dronlar yordamida nazorat qilinadi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, qurilishda BIM texnologiyalarini qo‘llash sof foydani 25%gacha, rentabellik indeksini 14-15%gacha ortishiga xizmat qiladi. Investitsiyalarning o‘zini oqlash davrini 17%ga kamaytirib,  qurilish harajatlarining qisqarishi hisobiga loyihaning tannarxini 30%gacha arzonlashtiradi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga