Huawei 1
Endi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ruxsatnoma blankalarisiz yuk tashiladi

Endilikda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashish uchun ruxsatnoma blanklari talab etilmaydi. Bu Tojikiston parlamentining quyi palatasi ratifikatsiya qilgan ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi “Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risida”gi bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi protokolda belgilangan.  

Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim parlament yig‘ilishida nutq so‘zlab, tuzatishlar ikki davlat hududi orqali yuk tashuvchi avtomobillar uchun tranzitni soddalashtirishni nazarda tutishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu o‘zgartirishlardan so‘ng yuk tashuvchi transport vositalari tranziti ruxsatnoma blankalarisiz amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, tojikistonlik yuk tashuvchilar har yili O‘zbekiston hududi orqali 36 mingdan ortiq tranzit amalga oshiradi. Ratifikatsiyadan keyin tranzit tashuvlar ikkala davlat hududida ham “dozvol” deb ataluvchi bir martalik ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.

“Mazkur protokol Tojikiston tomonidan tranzit sharoitlarini yaxshilash va mamlakatni tranzit davlatga aylantirish bo‘yicha strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun imzolangan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ushbu protokol kuchga kirishi uchun Tojikiston parlamentining quyi palatasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi zarur bo‘lgan. Tojikiston qonunchiligiga ko‘ra, xalqaro kelishuvlar “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun bilan bir qatorda parlamentning yuqori palatasiga ko‘rib chiqish uchun yuborilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты