Huawei 1
Endilikda fuqarolar o‘z kredit tarixi o‘rganilishini cheklab qo‘yishi mumkin

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi “FREEZE” xizmatini test rejimida ishga tushirdi.

Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli kredit tarixi maʼlumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha) byurodan olinishini cheklab (taqiqlab) qo‘yishlari mumkin bo‘ladi va kredit tarixi ularning xabarisiz o‘rganilishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt https://portal.infokredit.uz/login orqali bepul foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты