“Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi

“Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

- o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so‘mgacha miqdorda mukofot beriladi;

- loyihalar har chorakda o‘quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;

- marketpleyslar bilan hamkorlik o‘rnatib, taʼlim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yil 1 apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

- davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar o‘z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo‘yicha:

- kraudsorsing elektron platformasida eʼlon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi;

- har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21312 | Инструменты