Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bog‘liq muammolar va og‘ir moliyaviy ahvol tufayli mamlakatning diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilgan.
Elchixona xodimlari zudlik bilan uning yurtga qaytarilishini taʼminlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, Eron rasmiy idoralari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Eronning Zagros Air aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasida Tehron–Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olindi.
Diplomatik vakolatxona tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam tufayli fuqaro vatanga sog‘-omon qaytarildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20415 | Инструменты