Erondagi namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar qayd etilmadi

Erondagi vaziyat O‘zbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda. O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lish hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish so‘raldi.

Zarur hollarda O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: +982122299780+982122832025.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11416 | Инструменты