O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarga 13-iyun kuni ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan Erondagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borish tavsiya qilindi.
“Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring”, deyiladi xabarda.
Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:
Favqulodda yordam telefonlari:
Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ehtimoliy raketa hujumlari sabab bilan o‘zbekistonliklarga tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты