“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan obro'-e'tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag'al oilaga biriktiriladi.
Oilalarni kambag'allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo'nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
- xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo'lib to'lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
- oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta'lim muassasalarida o'qiyotgan farzandlarini o'quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta'minlash;
- piyoda yurish madaniyatini targ'ib qilish;
- keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish.
- Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag'batlantirib boriladi.
Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so'm miqdorida mablag' ajratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112714 | Инструменты