Huawei 1
Farg‘ona va Namanganda chiqindi yoqish zavodlarini qurish rejalashtirilgan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir Aziz Abduhakimov va "China Everbright Environment" kompaniyasi boshqaruvi raisi Xuan Xaysin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik munosabatlarini alohida ta’kidladi. Shuningdek, XXR Raisining “Bizga yashil tog‘lar va toza suv kerak. Chunki ular bizning oltin-u kumushlardan ham qimmatliroq boyligimizdir” degan iqtibosini keltirdi va yurtimizda bu siyosat to'liq qo'llab-quvvatlanishini qayd etdi. 

A.Abduhakimov, shuningdek, Xitoyga tashrifi haqida gapirib, chiqindilarni yoqish zavodlaridagi  texnologiyalardan hayratda qolganini va Xitoy tajribasini mamlakatimizda ham o‘zlashtirish niyatida ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Farg‘ona va Namanganda chiqindilarni yoqish zavodlarini qurish loyihasiga ham e'tibor qaratildi. Xitoy tomoni mazkur loyihani tezroq boshlash tarafdori ekanligi, tez orada hududlarni o‘rganish uchun Xitoydan muhandislar guruhi yuborilishi aytib o‘tildi. 

Ma'lumot uchun, loyiha doirasida dastlab Farg‘ona va Namangan viloyatlarida, keyin esa respublikamizning boshqa hududlarida ham chiqindilarni yoqish zavodlarini qurish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni yoqish va elektr energiyasi ishlab chiqarish orqali qayta ishlash sohasidagi ishlarni jadallashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты