Huawei 1
Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Nuriddin Yoqubjonovich Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari — Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 1982-yil 27-iyulda viloyatning Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Markaziy Bogema universitetini (Praga) tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida (Praga) Biznes boshqaruv doktori (DBA) ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati davomida Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida faoliyat olib borgan. 2022−2023-yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110606 | Инструменты