Huawei 1
Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki marta zilzila qayd etildi

Farg‘ona viloyatida bugun, 23-dekabr kuni ikki marotaba zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, viloyatda erta tongda soat 06:04 zilzila qayd etildi. Zilzila epimarkazi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida, koordinatalari: 40,38 gradus shimoliy kenglik; 71,23 gradus sharqiy uzunlik.

Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 196 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,2 ballga teng bo‘lgan.

Shuningdek, shu kuni soat 12:21 da ham zilzila qayd etildi. Zilzila episentri Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,1 ballga teng bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga