Farg‘onada 407 mln so‘mlik salyut va paqildoqlar to‘xtatib qolindi

Joriy yilda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq aniqlangan holatlar bo‘yicha 10 ta holatda bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bojxona organlari tomonidan 2023 yil 22 noyabr holatiga 67 ta huquqbuzarlik holatlarida qiymati 1 mlrd. 55 mln.so‘mlik 830 ming dona pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi aniqlangan hamda ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan.

Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq aniqlangan holatlar bo‘yicha joriy yilda 10 ta holatda bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Maʼlum qilinishicha, 22 noyabr kuni Farg‘onada 407 million so‘mlik salyut va paqildoqlar to‘xtatib qolingan.

Qayd etilishicha, bu turdagi vositalarni asosan bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar, murrakab joylashuvga ega chegaradosh hududlardan olib o‘tishga urinilmoqda.

Shu o‘rinda odamlardan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga doir holatlar yuzasidan bojxona organlarining 11-08 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlarini so‘ralgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40506 | Инструменты