24 noyabr kuni Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro dehqon bozoriga kirish eshigi oldiga “Nexia-3” rusumli avtomashinasini qo‘yib, fuqarolarning harakatlanishiga xalaqit bergan. Bu eʼtirozlarga sabab bo‘lganligi uchun IIO xodimi tomonidan transport vositasini bu joydan olishi aytilgan. Biroq fuqaro xodimning qonuniy talablarini bajarmay, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan baqir-chaqir qilib, so‘kinib, janjal ko‘targan.
Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudi tomonidan B.S.ga nisbatan yuqoridagi moddalar asosida 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari jarima jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120222 | Инструменты