Huawei 1
Farg‘onada karaoke kafesi yonib ketishi oqibatida vafot etgan hamda jabrlangan fuqarolarning oilasiga 10 mln so‘mdan beriladi

Avvalroq, Farg‘ona shahridagi kafeda chiqqan yong'in oqibatida 6 kishi halok bo'ldi, 7 kishi shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentning topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh vazirning o‘rinbosari boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan edi.

So'nggi xabarlarga ko‘ra, Farg‘onada karaoke kafesi yonib ketishi oqibatadi vafot etgan hamda jabrlangan fuqarolarning oilasiga 10 mln so‘mdan beriladi. Bu bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Quva tumani Pastki Xonobod mahalla fuqarolar yig'inida yashagan, 2005 yili tug'ilgan, marhum Usuvaliev Begzod Sherzodjon oʻgʻlining, Gumxona mahalla fuqarolar yig'inida yashagan, 2005-yil tug'ilgan, marxum Ibragimov Muhammadmusoning, shuningdek, Bolalik mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi, 2005-yili tug'ilgan Shaxobiddinov Xojiakbar hamda Boyiston mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 2005-yili tug'ilgan Jumaboeva Qizlarxonlarning oilalarini moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Saxovat va ko'mak" jamg'armasida shakllangan pul mablag'lari hisobidan (har bir oilaga) bir martalik 10 mln so'm miqdorida boʻlgan pul mablag'i ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112206 | Инструменты