Bugun, 29-iyul kuni soat 11:39 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxar “Mash’al” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavvatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko'ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 11:44 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:48 qurshab olingan va soat 11:56 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong'in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Prezidentning topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh vazirning o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112213 | Инструменты