Huawei 1
Farg’onada “Nexia-3” va “Tracker” to’qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo’ldi

Bugun soat 19:40 larda 4P-146 avtomobil yo‘lining  Farg‘ona tumani Yangiobod MFY hududidan o‘tgan qismida "Nexia -3" rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga shoshilib chiqishi oqibatida, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan "Tracker" rusumli avtomashinaga urilib, YTH sodir qilgan.

Natijada "Nexia -3" avtomobilida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты