Ijtimoiy tarmoqlarda “Buvayda tumanidagi maktabda oʻqituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majbur qilinmoqda...” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda, tuman hududidagi 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib ishlab kelayotgan X.N. tomonidan pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklangani – amaldagi tartiblarga zid ravishda navbatchilik qilishlari talab etilgani aniqlandi.
Viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasining 2026-yil 6-yanvardagi buyrugʻiga asosan 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N. vazifasidan ozod etildi.
Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10809 | Инструменты