Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln so‘mlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. 550 dona telefonlar, shu jumladan “Iphone 15 Pro”, Iphone 15 Pro Max”, “Samsung galaxy S23 Ultra”, “ Samsung galaxy S23 FE” rusumidagi smartfonlar yashirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Alpha version: 0.9.1.19 build 40802 | Инструменты