Huawei 1
Farg'onada qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi

Farg'onada qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 20-iyul kuni Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 118 (nomusga tegish) va 119 (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida ushbu jinoyat sodir etishda gumonlayotgan shaxs 17 yoshli yigit ekanligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.  

Voqea sodir bo‘lgan kuni gumonlanuvchining yonida bo‘lgan ikki nafar sherikning ushbu jinoyatga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo‘lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91104 | Инструменты