Farg'onalik professional futbol klubi a’zosi hamkasblarining kartasidan salkam 20 mln so'm pul yechib oldi

Jizzaxlik 29, surxondaryolik 28 yoshli professional fudbolchilar IIBga ariza bilan murojaat qilishdi. Yozishlaricha, ularning bank kartalaridagi umumiy 18 mln 341 ming so‘m pullari yechib olingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs kim ekanligi ma'lum bo'ldi. Qayd etilishicha, ushbu shaxs ularning o'z futbol klub jamoasi a’zosi, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi 18 yoshli sportchi bo'lgan. 

Futbolchi ushbu jinoyatni jamoasining mashg‘ulot o‘tkazayotgan vaqtida sodir etgan. Ya'ni u xonada jamoadoshlarining buyumlari qoldirilganidan foydalanib, telefonlaridan sim-kartalarni o‘zining telefoniga o‘tkazib, SMS-xabarnomalarni olgan va dastur orqali pullarni o'ziga o'tkazib olgan.

Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40514 | Инструменты