Farrux Pulatov Kadastr agentligi direktori etib tayinlandi
Farrux Pulatov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.
Farrux Po‘latov 1979 yilda tug‘ilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (hozirgi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2001 yildan buyon Farg‘ona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
2018 yil 30 iyuldan shu kunga qadar «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40500 | Инструменты