Fitratullo Nabiyev Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi

Nabiyev Fitratullo Neymatulla o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.

Fitratullo Nabiyev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 127-son qarori qabul qilingandi. Institut yuridik shaхs hisoblangan davlat ilmiy tashkiloti boʻlib, Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70703 | Инструменты