Fors ko‘rfazi davlatlaridan 25 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

10 mart soat 07:00 holatga ko‘ra, AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan buyon jami 25 047 nafar O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi. Oxirgi bir sutka ichida 3335 kishi olib kelindi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali 21 017 kishi, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 3555 kishi olib kelingan.

Bundan tashqari, uchinchi davlatlar orqali Qatardan 394, Erondan 47, Bahrayndan 27 va O‘mondan 7 nafar fuqaroning mamlakatdan chiqib ketishi tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31015 | Инструменты