Huawei 1
Front orti buyrug‘i: Isroildagi o‘zbekistonliklarga yana maxsus ogohlantirish berildi

Eron va Isroil o‘rtasidagi urush tobora avj olib borayotgani bois Isroildagi o‘zbekistonliklar yana bir bor ogohlantirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil hududida xavfsizlik masalalari bo‘yicha Frontorti buyrug‘i tomonidan maxsus ogohlantirishlar beriladi. O‘zbekistonliklardan ushbu belgilangan rasmiy ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishin so‘ralgan.

Elchixonaga ko‘ra, qizil rangdagi ogohlantirish – bu xavfli vaziyatni anglatadi. Bunday paytda yaqindagi himoyalangan joy (bomboubejie/mamat) yonida bo‘lish lozim, harakatlanishni cheklash zarur. Shuningdek, sirena eshitilganda, zudlik bilan himoyalangan joyga kirish va yangi ogohlantirish berilgunga qadar shu yerda qolish shart.Ko‘k rangdagi ogohlantirish – xavf o‘tganini va himoyalangan joyni tark etish mumkinligini bildirish uchun beriladi. Bunda boshpanalar yonida qolish shart emas.Shu bilan birga, har qanday holatda ham rasmiy organlarning ko‘rsatmalariga rioya qilish va yaqin atrofdagi boshpana joylari haqida avvaldan ma’lumotga ega bo‘lish so‘ralgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61718 | Инструменты