Huawei 1
Fuqarolarni AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQSHga ishga yuborishini vaʼda qilib, buning uchun 18 000 AQSH dollari miqdorida xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning “Toxirshayx” mahallasidagi uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 12 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tumandagi Birlashgan ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты