FVV respublikada kuzatilayotgan o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti sababli aholini sel xavfidan ogohlantirmoqda.
«Sel xavfi tufayli tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz», – deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi (85 foiz holatlarda), tog‘ qorlarining erishi (4 foiz hollarida), tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi (1,3 foiz hollarida) va boshqa sabablar (9,7 foiz hollarda) olib kelishi mumkin.
Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19 foiz), Farg‘ona (14 foiz), Surxondaryo (13 foiz), Toshkent (12 foiz), Samarkand (12 foiz) va Qashqadaryo viloyatlari (12 foiz) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.
Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты