O‘zbekistonda «Yagona integrator Uzinfocom» tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalaridagi jarayonni real vaqt rejimida qayd etib boradigan UGaz tizimi joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, UGaz tizimi har bir gaz quyish shoxobchasida jarayonni real vaqt rejimida qayd etadi. Bu esa:
qo‘lda hisob-kitob olib borish zaruratini kamaytiradi;
noqonuniy holatlarning oldini oladi;
jarayon shaffofligini taʼminlaydi;
isteʼmolchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi.
Avtomashina gaz quyish shoxobchasiga kirganda uning texnik ko‘rikdan o‘tganligi avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa, tizim operatorga xabar beradi.
Shuningdek, agar yoqilg‘i turi mos kelmasa yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tizim bu haqda ham operatorni shu joyning o‘zida ogohlantiradi.
«Tizim orqali tabiiy gazni sotish jarayonlarining shaffofligi taʼminlanadi. Yaʼni gaz quyish shoxobchasi qabul qilib olayotgan gaz hajmlarining aniq hisob-kitobi yuritiladi. Bu esa shoxobchalarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, AGTKSHlaridagi har bir gaz to‘ldirish kolonkasi va undagi xodim faoliyati onlayn nazorat qilinadi. Bunda AGTKSH xodimlarining barcha xizmat ko‘rsatish jarayonlari manfaatdor vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Elektron hukumat tizimlari, “Energonazorat” platformasi va One ID) bilan integratsiya qilingan», deyiladi vazirlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92514 | Инструменты