"Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma bor, asosiy talab – til bilish — prezident

Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlar uchun asosiy talab, bu – til bilish. Lekin Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos.

Shu munosabat bilan xorijdagi ish beruvchilar talabi asosida 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, 1 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikati olgan yoshlarga o‘qish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yo‘lga qo‘yish, nemis va fransuz tili bo‘yicha B-2 sertifikatini olgan har bir o‘quvchi uchun xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.

Raqamlashtirish vazirligiga viloyat IT eksportini 50 million dollarga yetkazib, kamida 1 ming nafar dasturchiga xalqaro bozorga chiqishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

Viloyatning eng faol yoshlari o‘z tengdoshlariga murojaat yo‘llab, ularni bilim olish, kasb va til o‘rganish, san’at va sport bilan faol shug‘ullanishga chorlashlari taklif qilindi.

Prezident Andijonda yoshlar rassomchilik, kulolchilik va haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishlari uchun sharoit yetarli emasligini qayd etdi.

Shu bois “Yangi Andijon” massivida Amaliy san’at ijodkorlari markazi barpo qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52521 | Инструменты