Huawei 1
Germaniya O‘zbekistonda yashil shaharlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

"Eco Expo Central Asia 2025" ko‘rgazmasi doirasida Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari, doktor Mixael Vimmer Markaziy Osiyodagi shaharlarning barqaror va iqlimga mos rivojlanishiga qaratilgan yangi mintaqaviy loyiha ishga tushirilgani haqida fikr bildirdi:

“Bugun imzolangan loyiha "yashil" shaharlarni rivojlantirishga qaratilgan. Shaharlardagi ko‘chalar qanday loyihalashtirilishi, transport tizimining samaradorligi, yashil maydonlarning miqdori va suv resurslarini boshqarish usullari ko‘p narsani belgilaydi. Ayniqsa, bu loyiha, asosan, Farg‘ona vodiysining aholisi zich shaharlari bo‘lib, biz bu yo‘nalishlarda maslahat va texnik yordam ko‘rsatmoqdamiz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya mintaqada 100 million yevrodan ortiq qiymatdagi o‘nlab tashabbuslarni amalga oshirmoqda va "Yashil iqlim fondi" bilan hamkorlikda yana 100 million yevro miqdoridagi mablag‘ jalb qilingan.

"Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, biz bu mintaqada juda faolmiz va mamlakatingizni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Siz to'g'ri yo'nalishdasiz. Bularning barchasi yoshlar uchun, kelajak uchun".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82806 | Инструменты