Huawei 1
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar uchun maxsus dastur ishlab chiqildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

RKH Gesundheit Enzkreis-Kliniken - Baden-Vyurtembergdagi eng yirik shahar shifoxonasi umumiy hamshira yo'nalishi bo'yicha va  Salus gGmbH va Altmark-Klinikum gGmbH Sachsen-Anhaltdagi shifoxonasi psixiatriya yo'nalishiga hamshiralarni ishga qabul qiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

- Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlishi;
- 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
- shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida ishlagan nomzodlar qabul qilinmaydi);
- sudlanmagan boʻlishi;
- jismonan sogʻlom boʻlishi;
- tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;
- bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
- Angren va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi va boshqa davlat  muassasalarida o'qimasligi kerak;
- Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:                                                                           

- Suhbatdan o'tgan nomzodlarga darhol ish beriladi va ish beruvchilar bilan shartnoma tuziladi;
- Angren va Toshkent shaharlarida bepul turar joy;
- oʻquv xonasi;
- oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

- nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;  

- til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish (B2 darajasini olish) hamda ECL, TECL sertifikatlari qabul qilinadi;

- hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

- oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

- mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havola orqali registratsiya qiling. 

Izohlar: 13
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80311 | Инструменты