“Guliston Business City” barpo etiladi
Guliston shahrida "Guliston Business City" rahbariyati tomonidan biznes markazinining qurilish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.
Mazkur loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3895 “Respublika hududlarida «BUSINESS CITY» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga asosan amalga oshirilmoqda.
Biznes markazning umumiy maydoni 70 gektar bo'lib, zamonaviy standartlarga javob beruvchi quyidagi ijtimoiy soha obe'ektlaridan iborat bo'ladi.
Qurilish rejasini amalga oshirish jarayonida ilg'or usullar, jumladan loyihalarni ishlab chiqish, ularni rejalashtirish hamda ma'lumotlarni qayta ishlab chiqish bo'yicha raqamli yechimlarni joriy etishga e'tibor qaratish rejalashtirilgan.
Xavfsizlik tizimalarining so'nggi va zamonaviy innovatsion ishlanmalari, kommunal xizmatlar narxlarini optimallashtirish asosida, yuqori darajadagi “Aqilli uy” texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bularning barchasi masofadan turib, mobil ilovalar orqali kirish imkoniyatidan foydalangan holda, aholi va bino egalari tomonidan nazorat qilinadi.
2021 iylning 1-dekabiridan texnik shartlarini ta'minlash maqsadida, magistral kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari boshlanadi. Qurilish jarayonida avvalo magistral aloqa tarmoqlarini tizimini yo'lga qo'yish (suv ta'minoti, kanlizatsiya, elektr energiyasi, gaz va internet) bo'yicha ishlar olib boriladi.
Hozirda “Guliston Business City" rahbariyati tomonidan horijiy investorlarni jalb etish maqsadida, barcha qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Qurilish rejalashtirilgan hududda "Murad Building" (Murod Nazorov), "Dantes Construction" (Dantes Ustajalilov), "BI Group" (Oydin Raximboyev) kabi yirik mahalliy va horijiy investitsion kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40410 | Инструменты