Guliston shahrida kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.J.” MCHJ masʼul shaxslari bankning Sardoba bank xizmatlari markazidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga Fitnes klub va kompyuter xizmatlarini tashkil etmasdan sotib olingan kompyuter jihozlarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, 400 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52622 | Инструменты