Huawei 1
Hafta boshida O'zbekiston hududlari bo'ylab qanday ob-havo bo'lishi e'lon qilindi

O‘zgidromet 19-21 may kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 20 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 21 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 20 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 21 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 20 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 21 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-20 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 21 mayda 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 19-20 mayda 30-35 daraja, 21 mayda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 20 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 21 mayda kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60810 | Инструменты