Hafta davomida harorat +18 darajagacha ko‘tariladi

Turkmanistondan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga ushbu hafta davomida beqaror ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +11…+16 daraja atrofida, shimolda +3…+8 daraja bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2−3 fevralda baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.

Juma kuni esa vaziyat o‘zgaradi, O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga respublika bo‘yicha 6 fevralda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat kun davomida pasayadi, kechasi va kunduzi +1…+6 daraja,shimolda kechasi −7…−12 daraja, kunduzi 0…-5 daraja bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tumanitushishi mumkin. 2−3 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +13…+15 daraja bo‘ladi.

3 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+9 daraja, kunduzi +13…+15 daraja bo‘ladi.

4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+7 daraja, kunduzi +16…+18 daraja bo‘ladi.

5 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7…+9 daraja, kunduzi +13…+15 daraja bo‘ladi.

6 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi +1…+6 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20214 | Инструменты