Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda

18–20 fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Chorshanba-juma kunlari kunduzi havo +20…+25 darajagacha isiydi. Kechalari harorat +7…+12 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23–23 metr/soni gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlar 16–18 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 16 fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +17…+19 daraja bo‘ladi. 17 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +15…+17 daraja bo‘ladi.

18–20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +9…+12, kunduz kunlari +22…+25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21612 | Инструменты