Joriy yilning 10–13 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi.
O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir (shimolda qorga aylanadi) yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, 10 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20–23 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20917 | Инструменты