Yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligi boshlarida O‘zbekistonning katta qismi sovuq antisiklon ta'sirida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Hozirda Skandinaviya yarim oroli sharqidagi sovuq antisiklon markazi kelayotgan ikki uch kunlikda Rossiya g‘arbida haroratni sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Masalan, poytaxt Moskvada 6-7-yanvar kunlari tunda harorat mininum -25 daraja sovuq bo‘lishi tahmin qilingan.
Sovuq antisiklon harakati avvaliga janub, so‘ngra sharqqa tomon yo‘naladi va 9-10-yanvarda Rossiya markazini egallaydi. Bunda asta-sekin O‘zbekistinning shimol hududlari ham antisiklon chekka qismi ta'siriga tusha boshlaydi.
Xususan, O'zgidromet prognozida 9-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida tunlari harorat minimulari -13 daraja sovuq bo‘lishini ta'kidlagan.
Manba 9-yanvar kuniga qadar O‘zbekiston avvaliga (5-6 yanvar) qo‘shni Turkmaniston orqali iliq havo ta'sirida, keyinroq nam havo ta'sirida bo‘lib turishini ma'lum qilgan. Antisiklon kirib kelish bosqichida nam havo oqimlari joylardan qor yog‘ishi bilan o‘tishi oydinlashgan.
O‘zgidromet sinoptiklari vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganishmoqda. Vaziyatga qarab, voqealikka uch to‘rt kun qolganda hududlar kesimida to‘liqroq va batafsil formatda ogohlantirish xabari ishlab chiqishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40609 | Инструменты