Har yili qanday qon tahlillari topshirish kerak?

Har yili qanday qon tahlillari topshirish kerak? Ushbu savolga Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Orifjon Aripov batafsil javob berdi.

— Har bir inson o‘z salomatligini nazorat qilib borishi uchun yil davomida bir nechta qon tahlillarini topshirishi kerak. Profilaktika maqsadida tavsiya etiladigan asosiy laborator qon tekshiruvlari quyidagilardan iborat:

Umumiy qon tahlili.

- gemoglobin, leykotsitlar, trombotsitlar miqdori;

- qon kamligi (anemiya), yallig‘lanishlar, infeksiya, immun tizimi holatini ko‘rsatadi.

- Qon bioximiyasi tahlili.

- qand miqdori (glyukoza) – diabet xavfi;

- kreatinin va mochevina – buyrak faoliyati;

- ALT, AST, bilirubin – jigar holati;

- xolesterin va triglitseridlar – yurak-qon tomir xavflari;

- umumiy oqsil, albumin – umumiy sog‘lik holatini tekshiradi.

- Qon lipidlari profili (lipidogramma):

- umumiy xolesterin;

- past zichlikdagi xolesterin (LPNP);

- yuqori zichlikdagi xolesterin (LPVP);

- triglitseridlarni aniqlaydi.

Shuningdek:

Qonda temir va ferritin tahlili:

Anemiya va temir yetishmasligini aniqlash uchun kerak.

Qonda D vitamini (25(OH)D) tekshiruvi:

Immunitet, suyaklar va umumiy tonus uchun zarur.

Vitamin B12:

Asab tizimi va qon yasalishi uchun muhim.

Qonda TTG (tireotrop gormon):

Qalqonsimon bez faoliyatini baholaydi.

Qo‘shimcha tahlillar (zarurat bo‘lsa):

- gemoglobin A1c (HbA1c) – so‘nggi 3 oydagi qand miqdori (diabet uchun);

- C-reaktiv oqsil (CRP) – yallig‘lanish darajasi;

- qon guruhi va rezus-faktor (bir marta topshirish kifoya)ni tekshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21621 | Инструменты