Hindistonlik 9 nafar taniqli bloger joriy yil 19-26-iyun kunlari O'zbekistonda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Ijtimoiy tarmoqlarda ommabop bo'lgan sahifalar mualliflarining mamlakatimizga tanishuv safari O'zbekiston elchixonasi va Turizm qo'mitasi hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Blogerlar guruhiga obunachilari 1,5 milliondan 20 million nafargacha bo'lgan ijtimoiy tarmoq faollari kiritilgan.
Hindiston vakillari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari va Toshkent viloyati bo'ylab safar qiladi. O'zbek xalqining boy tarixiy merosi, betakror me'moriy obidalari, salmoqli sayyohlik salohiyati haqida turkum materiallar tayyorlaydi. Shuningdek, o'z o'quvchilari va obunachilarini zamonaviy O'zbekiston turli sohalarda qo'lga kiritayotgan yutuqlar bilan tanishtiradi.
Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar jarayoni Hindiston yetakchi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop sahifalar diqqat e'tiborida bo'lib turibdi. Ular tomonidan ushbu mavzuga bag'ishlangan turli janrlardagi materiallar muntazam tarzda e'lon qilib borilmoqda.
Buning natijasida Hindistondan O'zbekistonga sayyohlik oqimi yildan yilga izchil o'sishiga erishilmoqda. Xususan, 2023-yilda 50 ming nafarga yaqin hindistonlik sayyoh mamlakatimizga safar qilgan bo'lsa, 2025-yilda ularning safi 80 ming nafardan oshdi. Joriy yil esa ushbu ko'rsatkich 100 ming nafarga yetishi kutilyapti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61920 | Инструменты