Huawei 1
"Hisor" davlat qo‘riqxonasida Turkiston silovsini kamera obyektiviga muhrlandi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Hisor" davlat qo‘riqxonasi Gʻilon bo‘limi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi.

Turkiston silovsini  O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro "Qizil kitob"ga kiritilgan  bo‘lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. Gʻarbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko‘hitang) tog‘ tizmalarining baland qismida yashaydi.

O‘zbekistondan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Gʻarbiy Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonda uchrashi aniqlangan.

Turkiston silovsini Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Hisor" davlat qo‘riqxonasida qor qoploni kamera obyektiviga muhrlanganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13010 | Инструменты